
Shu kunlarda Labap viloyatining yashil maysali maydonlarida mavsumiy agrotexnik ishlar olib borilmoqda. Viloyat bo‘yicha 130 ming gektar maydonga galla urug‘i sepilib, bu yil undan asosiy oziq-ovqat mahsuloti bo‘lgan bug‘doyning mo‘l hosilini olish rejalashtirilgan. Oq ekinlarni mineral va organik o‘g‘itlar bilan oziqlantirishda Labap viloyat qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarish birlashmasining tumanlardagi texnik xizmat ko‘rsatish korxonalariga tegishli kuchli texnikalar hamda zamonaviy tirkama asboblaridan foydalanilishi ishlarning unumli va talab darajasida olib borilishiga yordam bermoqda.
Ushbu texnikalar yordamida maysali maydonlarga karbamid o‘g‘itini berish ishlari yakunlovchi bosqichda davom etmoqda. Joriy yilda 130 ming gektarga 26 ming tonna karbamid o‘g‘itini berish rejalashtirilgan. Bug‘doy ekilgan maydonlar har kuni qariyb 3,5 ming tonna o‘g‘it bilan oziqlantirilib, o‘g‘it berilgan yerlarning har kuni 1 ming gektarga yaqini sug‘orilmoqda, bu esa yashil maysalarning o‘sib, bo‘y cho‘zishi uchun zarur sharoitlarni yaratmoqda. Viloyatning yashil maydonlarida begona o‘tlarga qarshi kurashish ishlari ham keng quloch yoygan.
Keywords