
Moldovaning «sport-time.org» sport portali (mashhur «Sport Time» jurnalining internet nashri) Turkmanistonning «samoviy tulporlari» haqida maqola chop etib, ularni «tabiatning o‘zi tomonidan yaratilgan mukammal sport quroli» deb atadi. Nashrda ta’kidlanishicha, axaltaka tulpori nafaqat estetik timsol, balki chidamliligi va asil ko‘rinishi Qoraqum sahrosi qumlarida asrlar davomida toblangan noyob sportchidir.
Nashr jurnalistlari bu otlarning harakatlari o‘ta yumshoqligini qayd etadilar: o‘ziga xos tuzilishi tufayli ot chopyotgandek emas, balki yer ustida suzib borayotgandek ko‘rinadi. Yevropa nashri 2023-yilda axaltaka yilqichilik san’ati va otlarni bezash an’analari YUNESKOning Insoniyat nomoddiy madaniy merosi ro‘yxatiga rasman kiritilganiga e’tibor qaratadi. Bu esa zotning dunyo madaniyatidagi o‘rnini mustahkamladi.
«Sport Time» o‘quvchilarga tarixiy g‘alabalarni eslatadi: 1960-yilda Rimda o‘tkazilgan Olimpiya o‘yinlarida ot sporti bo‘yicha oltin medalni qo‘lga kiritgan afsonaviy Absent laqabli tulporidan tortib, turkman chavandozlarining zamonaviy dunyodagi g‘alabalarigacha. Maqolada «Galkinish» milliy ot ustidagi o‘yinlar guruhining muvaffaqiyatlariga alohida o‘rin berilgan. Nashr yaqindagi ulkan yutuqni qayd etadi: 2025-yil yanvar oyida ushbu guruh Monte-Karloda o‘tkazilgan 47-Xalqaro sirk festivalida eng oliy mukofot — «Oltin Gaetano» mukofotini qo‘lga kiritdi. «"Galkinish" guruhining chiqishi — bu shunchaki mashq qildirish emas, balki o‘ta yuqori tezlikdagi muloqotdir», deb yozadi «Sport Time».
Axaltaka tulpori «bir egasining oti» sifatida tanilgan va artistlarning otning shiddatli chopishida murakkab chavandozlik usullarini bajarishda ko‘rsatadigan o‘zaro ishonchi turkman yilqichilik maktabining eng yuqori darajasini tasdiqlaydi. Shuningdek, nashr Butunjahon ko‘chmanchi o‘yinlari haqida ham to‘xtalib o‘tdi, u yerda axaltaka otlari nafaqat go‘zallik, balki haqiqiy jangovar qobiliyatlarini — chopib borayotib kamondan o‘q otish va ot ustidagi mahoratni ko‘rsatib, Turkmaniston terma jamoasiga o‘nlab oltin medallar keltirmoqda.
Keywords