Fransiyaning “Decathlon” kompaniyasi muhandislari tomonidan ishlab chiqarilgan elektrovelosipedlar xaridorlar orasida katta talabga ega bo‘ldi. “Btwin E-Three 500” deb nomlangan ushbu ulovlarning asosiy xususiyati yuk tashish imkoniyatining yuqoriligidir. Shuningdek, ushbu elektrovelosipedlarning to‘liq quvvatlantirilgan akkumulyatorlari kuchi 90 kilometrgacha bo‘lgan masofani bosib o‘tishga yetadi. Ya’ni, ularda soatiga 25 kilometr tezlik bilan 80 kilogrammgacha bo‘lgan yuklarni tashish mumkin. Shuningdek, shahar ichida tovarlarni yetkazib berish uchun mo‘ljallangan ushbu ulovlarda bolalarni mindirish, katta hajmli yuklar va sumkalarni ishonchli joylashtirish imkoniyatlari ham ko‘zda tutilgan.
Yuk tashuvchi elektrovelosiped
1 daqiqa o'qish30

Fransiyaning Decathlon kompaniyasi “Btwin E-Three 500” elektrovilosipedini taqdim etdi. U 80 kg gacha yukni 25 km/soat tezlikda tashiy oladi va batareyasi 90 km masofagacha yetadi.






Izohlar
Hozircha izoh yo'q. Birinchi bo'ling.