
Milliarder Ilon Mask Tesla kompaniyasining kelajakdagi rejalari haqida yana bir sirli xabar qoldirdi. Muxlislardan biri Tesla'dan to'laqonli oilaviy minivan chiqarishni so'raganda, Mask: «Tez orada minivendan ancha zo'r narsa paydo bo'ladi», deb javob berdi. Hozircha yangi modelning nomi yoki texnik xususiyatlari oshkor etilmagan bo'lsa-da, bu xabar avtomobil ixlosmandlari o'rtasida katta muhokamalarga sabab bo'ldi.
Ba'zi insayderlar bu yangi avlod krossoveri yoki ko'p funksiyali oilaviy elektrokari bo'lishi mumkinligini taxmin qilmoqdalar. Shu bilan birga, aprel oyida SpaceX raketalari texnologiyasi bilan jihozlangan yangi Tesla Roadster taqdimoti kutilmoqda. Maskning ushbu «salobatli» va'dasi Tesla'dan navbatdagi texnologik inqilobni kutishga asos bo'lmoqda.
Keywords