
Xiaomi kompaniyasi avtomobil bozorida inqilob qilishda davom etmoqda. Yangilangan SU7 modelining asosiy yangiligi platforma bilan bog'liq. «Standard» va «Pro» versiyalari 752 voltli, «Max» versiyasi esa 897 voltli arxitekturadan foydalanadi. Bu texnologiya quvvatlanishni sezilarli darajada tezlashtiradi: «Max» versiyasi bor-yo'g'i 15 daqiqa quvvatlanib, 670 km yo'l bosib o'tish imkoniyatiga ega bo'ldi.
Elektromobilning barcha versiyalarida harakatlanish masofasi oshirildi. Bir motorli modellar 320 ot kuchiga, ikki motorli «Max» versiyasi esa 690 ot kuchiga ega bo'ldi. Xiaomi SU7 o'zining tezkorligi va texnologik ustunligi bilan jahon bozorida kuchli o'rin egallashni maqsad qilgan.
Keywords