
Turkiyaning ilk "TULGA 4x4" patrull bronemashinasi rasman foydalanishga topshirildi.
"Report" agentligining "TRT Haber" telekanaliga tayanib bergan xabariga ko‘ra, ushbu avtomobil harbiy xizmatchilar va xavfsizlik xizmati xodimlari uchun mo‘ljallangan. U o‘zining zirhli tuzilishi, ballistik himoya darajasi va zamonaviy texnologik uskunalari orqali yuqori darajadagi xavfsizlikni ta’minlaydi.
Vazni taxminan 8 tonna bo‘lgan ushbu transport vositasi 5 kishiga mo‘ljallangan va 250 ot kuchiga ega dvigatel bilan jihozlangan. "TULGA 4x4" avtomobilining maksimal tezligi soatiga 130 kilometrga yetadi.
Keywords