
Amerikalik grafik protsessor ishlab chiqaruvchisi Nvidia, Microsoft korporatsiyasi va texnologiya kompaniyasi Amazon OpenAI’ga 60 milliard AQSh dollarigacha sarmoya kiritish bo‘yicha muzokaralar olib bormoqda. Bu haqida The Information nashri, muzokaralarning borishi bilan tanish manbalarga tayanib xabar bermoqda. Ushbu sarmoyalar jami 100 milliard AQSh dollariga teng moliyalashtirish raundining bir qismi bo‘ladi. Nvidia 30 milliard dollargacha ajratishni rejalashtirayotir, Microsoft esa taxminan 10 milliard dollar ajratadi. Amazon esa kompaniyani birinchi marta moliyalashtiradi va unga 10 yoki 20 milliard dollardan ortiq mablag‘ kiritadi. Ushbu sarmoyalar Yaponiyaning xalqaro holding kompaniyasi SoftBank Group tomonidan ajratiladigan 30 milliard dollarga to‘ldiriladi. SoftBank ham moliyalashtirish tafsilotlari bo‘yicha muzokaralar olib bormoqda. 2025 yil 2 noyabrda Bloomberg agentligi tahlilchilari Nvidia aksiyalarini Wall Street tarixidagi eng ta’sirli aksiyalardan biri deb atashdi. Kompaniya tarixiy rekord o‘rnatib, bozorda 5 trillion dollarlik kapitalizatsiyaga erishgan birinchi kompaniya bo‘ldi.
Keywords