Aralash jang san'atlari bo‘yicha dunyoning yetakchi ligalaridan biri «Absolute Championship Akhmat» (ACA) 2026-yil oktyabr oyi oxirida Dushanbe shahrida yirik turnir o‘tkazadi. Ushbu shou liganing So‘nggi o‘n yildan ortiq vaqt mobaynida Tojikistonda tashkillashtirayotgan ilk turniri bo‘ladi; tashkilotning ushbu mamlakatdagi oxirgi musobaqasi 2015-yilda bo‘lib o‘tgan edi.

Turnirni o‘tkazish bo‘yicha yakuniy qaror ACA vakillarining Dushanbega uyushtirgan rasmiy tashrifi hamda Tojikiston sport mutasaddi tashkilotlari bilan o‘tkazilgan muzokaralaridan so‘ng qabul qilindi. Liga rahbari Magomed Bibulatovning ta'kidlashicha, ACA’ning Tojikistonga qaytishi ko‘p yillardan beri ushbu musobaqani intiqlik bilan kutgan mahalliy ishqibozlarning talablariga javobdir.

Dushanbedagi turnir liganing joriy kuzdagi eng muhim xalqaro voqealaridan biriga aylanadi. Turnirning aniq sanasi, o‘tkazilish joyi va faytkard tarkibi tez orada e'lon qilinadi. Ta'kidlash joizki, turkmanistonlik taniqli jangchi Dovletjan Yagshimuradov o‘z vaqtida ACA ligasining yarim og‘ir vazn toifasida (93 kg gacha) mutloq chempioni bo‘lgan va o‘z unvonini ikki marotaba muvaffaqiyatli himoya qilgan.