«Altyn Asyr» futbol jamoasi Turkmaniston oliy ligasining 27-turi doirasida «Shagadam» ustidan g‘alaba qozonib, chempionatning kumush medalini qo‘lga kiritishni kafolatladi.
Turkmanboshi shahrida bo‘lib o‘tgan uchrashuv poytaxt jamoasining 1:0 hisobidagi g‘alabasi bilan yakunlandi. Yagona golni 96-daqiqada penaltidan Myrat Annayev kiritdi.
«Altyn Asyr» 27 ta uchrashuvda 59 ochko jamg‘arib, eng yaqin ta’qibchisi «Ahal» uchun yetib bo‘lmas natijaga erishdi. 27-turda «Ahal» «Nebitçi»ni 3:0 hisobida mag‘lub etdi. Ushbu uchrashuvda Magty Beranov (63-daqiqa), Yslam Annamyradow (80-daqiqa) va Süleyman Mirzoyew (91-daqiqa) gol urdi.
Ayni paytda 26 ta o‘yinda 52 ochko to‘plagan «Ahal» jamoasining zaxirasida yana ikkita uchrashuv bor. Shunga qaramay, qolgan o‘yinlar natijasidan qat’i nazar, jamoa «Altyn Asyr»dan o‘zib keta olmaydi va mavsumni uchinchi o‘rinda yakunlaydi.
Turning boshqa uchrashuvida «Köpetdag» «Merw»ni 1:0 hisobida mag‘lub etdi. Ushbu bahsda Bayramgeldi Gülmäýew 91-daqiqada g‘alaba golini kiritdi.
Avvalroq bo‘lib o‘tgan uchrashuvda esa mamlakatning amaldagi chempioni «Arkadag» «Aşgabat» jamoasini 2:0 hisobida mag‘lub etdi. Şanazar Tirkişow 38-daqiqada, Meýlis Diniýew esa 52-daqiqada gol urdi.









Izohlar
Hozircha izoh yo'q. Birinchi bo'ling.