Turkmaniston mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan tashkil etilgan «Amul — Hazar» otliq yurishi davom etmoqda. 12-noyabr kuni Lebap viloyatidan boshlangan yurishning uchinchi kunida 35 nafar Axalteke otiga mingan ishtirokchilar Mari viloyati hududiga yetib kelishdi. Bu haqda «Turkmaniston» gazetasida xabar berildi.
Yurishda mamlakatning barcha viloyatlari, shuningdek, Ashxobod va Arkadag shaharlaridan vakillik qiluvchi 35 nafar chavandoz qatnashmoqda. Tadbir 2026-yil davomida Turkmanistonda va xorijiy mamlakatlarda otchilik hamda ot sporti yo‘nalishlarida o‘tkaziladigan tadbirlar dasturi bilan bog‘liq. Ushbu dastur joriy yil boshida hurmatli Prezident tomonidan tasdiqlangan.
Uzoq masofali otliq yurish turkman tulporlarining chidamliligini, chavandozlarning mahorati va matonatini namoyish etishga qaratilgan. Yurishda qatnashayotgan otlarning holati ham muntazam nazorat qilib borilmoqda.
14-noyabr kuni chavandozlar Mari viloyati hududiga kirib, Bayramali tumanidagi Bagtyyarlyk shaharchasi yaqinida tashkil etilgan ikkinchi oromgohga yetib kelishdi. Shundan so‘ng ular qadimiy Marv zaminida yo‘llarini davom ettirib, «Qadimgi Marv» davlat tarixiy-madaniy qo‘riqxonasida to‘xtashdi.
Yurishning umumiy masofasi 1 755 kilometrni tashkil etadi. Shundan 108 kilometri Lebap, 461 kilometri Mari, 473 kilometri Ahal, 33 kilometri Daşoguz va 680 kilometri Balkan viloyatlari hududidan o‘tadi.









Izohlar
Hozircha izoh yo'q. Birinchi bo'ling.