
Apelsin sog‘liq uchun foydali mevadir. Uning tarkibida A, B, C vitaminlari, foliy kislotasi, magniy, kaliy, marganes, fosfor, temir, rux va boshqa foydali moddalar bor. U, shuningdek, askorbin kislotasi, turli minerallar, antioksidantlar, flavonoidlar va fitoelementlar manbai hisoblanadi. Shuning uchun bu meva sog‘liqni saqlash va tiklashda juda foydali sanaladi.
Apelsin semizlikka qarshi kurashishda ham samaralidir. Chunki uning tarkibidagi B vitamini organizmda yog‘ almashinuvini tartibga soladi, qondagi xolesterin darajasini pasaytiradi, ichak yo‘llarini tozalaydi va faoliyatini normallashtiradi. Apelsin jigar va yurak-qon tomir kasalliklaridan aziyat chekuvchi insonlarga ham tavsiya etiladi. Shuningdek, apelsinda C vitamini mavjudligi sababli, uning sharbati tish og‘rig‘ining oldini olishda ham qo‘llaniladi. Apelsin sharbatining o‘simlik yog‘i bilan teng miqdorda aralashtirilgan varianti suyak og‘riqlarida kompress qilinadi, terining qoraygan va qotgan joylariga surtiladi. Uning po‘stlog‘ida ham ko‘p miqdorda C vitamini bo‘lganligi sababli, teridagi qora dog‘larni yo‘qotishda va teri teshiklarini oziqlantirishda muhim ahamiyatga ega.
Keywords