
Musobaqa reglamentiga ko‘ra, “Arkadag” keyingi bosqichda G‘arbiy mintaqa guruhlarida birinchi o‘rinni egallagan jamoalardan biri bilan to‘qnash keladi. Aniq raqibni aniqlab beradigan qur’a tashlash marosimi 30-dekabrga belgilangan. Hozirda turkman klubining ehtimoliy raqiblari sifatida Saudiya Arabistonining “Al-Nasr”, Ummonning “Al-Vasl” va Iordaniyaning “Al-Husayn” jamoalari ko‘rsatilmoqda.
May oyida “Arkadag” futbol klubi OFK Challenge League 2024/25 mavsumining chempioni bo‘ldi. Final uchrashuvida jamoa Kambodjaning Preah Khan Reach Svay Rieng klubini 2:1 hisobida mag‘lub etdi.
Keywords