Ashxobod shahrida o‘tkazilayotgan «Turkmentel — 2026» va ITTC 2026 xalqaro ko‘rgazmalarida Xitoy hamda Janubiy Koreya avtomobil sanoatining yangi mahsulotlari taqdim etilmoqda. Bu haqda «News Central Asia» nashri xabar bermoqda.
Ko‘rgazma mehmonlariga «Hyundai» va «Geely» rusumli yengil avtomobillarning yangi modellari, shuningdek, «Foton» rusumli yuk mashinalari va boshqa texnikalar namoyish etilmoqda.
Ko‘rgazmaga tashrif buyuruvchilar namoyish etilayotgan avtomobillar bilan yaqindan tanishish, ularning salonlarini ko‘zdan kechirish hamda haydovchi o‘rindig‘iga o‘tirib ko‘rish imkoniyatiga ega.
Bundan tashqari, xalqaro ko‘rgazmalar doirasida transport, aloqa va raqamli texnologiyalar sohalarida qo‘llaniladigan yangi yechimlar ham taqdim etilmoqda.










Izohlar
Hozircha izoh yo'q. Birinchi bo'ling.