
Saudiya Arabistonida Ispaniya Superkubogining final o‘yini bo‘lib o‘tdi va unda “Barselona” Madridning “Reali”ni 3:2 hisobida yutdi. “Barselona” bu kubokni ketma-ket ikkinchi yil qo‘lga kiritdi.
Birinchi taymda to‘rt ta gol urildi, ularning uchtasi qo‘shib berilgan daqiqalarda kiritildi.
Hisob 36-daqiqada “Barselona” hujumchisi Rafinia tomonidan ochildi. “Real” Vinisiusning goli (45+2) bilan hisobni tenglashtirdi. Ikki daqiqadan so‘ng Robert Levandovski gol urib “Barselona”ni yana oldinga olib chiqdi, biroq ko‘p o‘tmay Gonzalo Garsiya hisobni yana tenglashtirdi.
Yakuniy hisob 73-daqiqada Rafinia ikkinchi golini urganidan keyin aniq bo‘ldi. O‘yinning oxirida Frenki de Yong qizil kartochka olgani sababli “Barselona” maydonda bir kishi kam qoldi.
Ispaniya Superkubogi 1982-yildan beri o‘tkazib kelinadi. G‘alabalar soni bo‘yicha rekord egasi — “Barselona” (16 marta). “Real” kubokni 13 marta qo‘lga kiritgan, “Atletik” va “Deportivo” hisobida esa 3 tadan kubok bor.
Keywords