Xitoy milliy neft-gaz korporatsiyasi («CNPC International LTD»)ning Turkmanistondagi filiali Pekindagi Xitoy neft universitetida oliy ma’lumot olishni istagan mamlakatimiz fuqarolaridan hujjatlar qabul qilinishini ma’lum qildi.
O‘qish oltita mutaxassislik bo‘yicha olib boriladi:
- neft-gaz muhandisligi;
- neft va gazni tashish hamda saqlash;
- geologiya va kon qidiruv ishlari;
- neft-gaz konlarini o‘zlashtirish va ishlatish;
- kimyoviy muhandislik va texnologiya;
- mexanik loyihalashtirish va avtomatlashtirish.
Qabulda ishtirok etish uchun yoshi 25 dan oshmagan, o‘qish ko‘rsatkichlari yaxshi bo‘lgan va ingliz tilini biladigan Turkmaniston fuqarolari taklif etiladi.
Eslatib o‘tamiz, qabul ikki bosqichda amalga oshiriladi:
- Matematika, kimyo va fizika bo‘yicha imtihon.
- Ingliz tilida suhbat.
Hujjatlar qabuli 16–31-mart kunlari ish kunlarida soat 9:30 dan 17:00 gacha «CNPC»ning Ashxoboddagi filiali binosida o‘tkaziladi.
Manzil: Ashxobod shahri, Bitarap Türkmenistan shoh ko‘chasi, 553/3.
Telefon raqamlari: +99312 44-51-01, +99312 44-50-65, +99312 44-54-75.







Izohlar
Hozircha izoh yo'q. Birinchi bo'ling.