
Doshog‘uz shahridagi «Serdar» paxta yigiruv fabrikasida 2025-yilda 1600 tonnadan ortiq mahsulot ishlab chiqarildi. Bu haqda «Türkmenistan» gazetasi xabar berdi.
Xabarda ta’kidlanganidek, qayta ishlanadigan paxta tolasidan turli raqamli ip-kalava, paxta va paxta mahsulotlari ishlab chiqarilmoqda. Yanvar oyida 60 tonna turli raqamli ip-kalava hamda 33 tonna paxta va paxta mahsulotlari ishlab chiqarildi. Shunday qilib, ip-kalava ishlab chiqarish bo‘yicha 100 foizdan yuqori, paxta va paxta mahsulotlari ishlab chiqarish bo‘yicha esa 110 foizlik o‘sishga erishildi.
2026-yilning yanvar oyi davomida 1 million 782 ming manatlik mahsulot ishlab chiqarilib, mahsulotlarni iste’molchilarga yetkazib berish bo‘yicha o‘sish 123 foizga teng bo‘ldi.
Bozor iqtisodiyoti talablaridan kelib chiqib, mahsulotlarning yuqori sifatli va ekologik toza bo‘lishiga alohida e’tibor qaratilmoqda. Ishlab chiqarishning to‘liq avtomatlashtirilgani hamda 240 dan ortiq mutaxassis-ishchilarning samarali mehnati mahsulot sifati va ishlab chiqarish sur’atiga ijobiy ta’sir ko‘rsatmoqda.
Korxonaning 3 ta ishlab chiqarish bo‘limida yuqori sifatli ip-kalavaning turli ko‘rinishlari, mebel paxtasi va tozalangan paxta chiqindilari mahalliy hamda tashqi bozor iste’molchilariga uzluksiz yetkazib berilmoqda.
Keywords