
Aralash yakkakurash (MMA) bo‘yicha turkmanistonlik sportchi Dovletjan Yagshimuradov 16-aprel kuni Shimoliy Irlandiyaning Belfast shahridagi “SSE Arena”da bo‘lib o‘tadigan PFL Belfast turnirida avstraliyalik Tayson Pedro bilan jang qiladi. Jang yarim og‘ir vazn toifasida bo‘lib o‘tadi.
Liga reytingida Yagshimuradov hozirda ikkinchi o‘rinni egallab turibdi, Pedro esa sakkizinchi pog‘onada. Avstraliyalik jangchi uchun bu PFLdagi debyut jang bo‘ladi; u avval UFCda ishtirok etgan.
Turkmanistonlik sportchi o‘zining so‘nggi jangini 2025-yil oktabr oyida PFL Champions Series 3 turniri doirasida o‘tkazgan edi. O‘shanda u titul jangi uchun amerikalik Kori Andersonga hakamlarning yakdil qarori bilan imkoniyatni boy bergan. Hozirgi kunda turkman jangchisining hisobida 25 g‘alaba, 8 mag‘lubiyat va 1 durang bor.
Pedro oxirgi marta 2024-yil mart oyida UFC Fight Night 238 turnirida oktingonga ko‘tarilgan va o‘shanda Vitor Petrinoga hakamlar qarori bilan yutqazgan edi. Uning hisobida 10 g‘alaba va 5 mag‘lubiyat mavjud.
Yagshimuradov muqaddam ACB va ACA tashkilotlari chempioni bo‘lgan, 2024-yilda esa yarim og‘ir vaznda PFL Gran-prisi g‘olibiga aylangan edi.
Keywords