Afsonaviy portugaliyalik Luiş Figu Lionel Messi va Krishtianu Ronaldu o‘rtasidagi taqqoslashlar haqida o‘z fikrini bildirdi. Figu har ikki futbolchi allaqachon futbol tarixidan munosib joy olganini va ularni o‘zaro solishtirish shart emasligini ta’kidladi. Uning so‘zlariga ko‘ra, Maradona yoki Eusebioni solishtirib bo‘lmaganidek, bu yulduzlarning ham har biri o‘ziga xos iqtidor egasidir. Ayni damda 38 yoshli Messi AQSHda, 41 yoshli Ronaldu esa Saudiya Arabistonida to‘p surmoqda.
Figu Messi va Ronaldu o‘rtasida tanlov qilmadi: "Bu futbol tarixi"
1 daqiqa o'qish26

Luiş Figu Messi va Ronalduni nima uchun solishtirmasligini tushuntirdi va ularning futbolga qo‘shgan hissasini qadrlashga chaqirdi.






Izohlar
Hozircha izoh yo'q. Birinchi bo'ling.