Fransiyadagi «Gravlin» atom elektr stansiyasining olti energiya blokidan uchtasi meduzalar yopirilib kelgani sababli ishini to‘xtatishga majbur bo‘ldi. Bu haqda EDF energiya operatori kompaniyasiga tayanib rg.ru xabar bermoqda.

Kompaniya matbuot xizmati xabarida ta'kidlanishicha, meduzalarning ko‘plab yig‘ilib qolishi stansiyadan foydalanish xavfsizligi qoidalariga muvofiq 3 va 4-sonli bloklar ishini to‘xtatishga majbur qildi. Hozirgi vaqtda 6-sonli reaktor to‘liq quvvat bilan ishlamoqda.

Operator kompaniya sodir bo‘lgan hodisa uskunalar xavfsizligiga, AET xodimlariga hamda atrof-muhitga hech qanday salbiy ta'sir ko‘rsatmaganini ma'lum qildi.

«Gravlin» atom elektr stansiyasi Fransiyaning shimolida joylashgan bo‘lib, uning reaktorlarini sovutadigan suv Shimoliy dengizdan olinadi.