Futbol bo‘yicha 23-Jahon chempionati eng qizg‘in pallaga kirdi. 1/16 final bahslari yakunlandi va endi 1/8 finalda o‘zaro kuch sinashadigan barcha terma jamoalar aniq bo‘ldi.

Muxlislar eng ko‘p kutayotgan uchrashuvlardan biri Portugaliya va Ispaniya o‘rtasidagi bahs bo‘ladi. Ushbu o‘yinda 18 yoshli Lamin Yamal hamda 41 yoshli Krishtianu Ronaldu maydonda to‘qnash keladi. Uchrashuv 7-iyulga o‘tar kechasi Arlington shahrida bo‘lib o‘tadi.
Lionel Messi boshchiligidagi Argentina terma jamoasi esa Muhammad Saloh yetakchiligidagi Misr bilan kuch sinashadi.
Shuningdek, turnir mezbonlari bo‘lgan AQSH, Kanada va Meksikaning barchasi 1/8 finalga chiqishga muvaffaq bo‘ldi. Biroq ularni endi ancha murakkab sinovlar kutmoqda.
Keywords