
«Atletiko Madrid»da bir davr yakuniga yetmoqda: Antuan Grizmann okean ortiga yo'l olmoqda. 35 yoshli hujumchi mavsum tugaganidan so'ng erkin agent sifatida «Orlando Siti» safiga qo'shiladi. Fabritsio Romanoning xabar berishicha, shartnoma ikki yilga mo'ljallangan bo'lib, futbolchining yillik maoshi 10 million yevroni tashkil etadi.
Grizmann ko'p yillardan buyon faoliyatini AQShda yakunlash niyati borligini aytib kelardi, chunki u NBA va Amerika madaniyatining ashaddiy muxlisidir. U Ispaniya Kubogi finalida «Sosedad»ga qarshi maydonga tushib, klub bilan sovrin yutgan holda xayrlashishni istadi. MLSdagi «Discovery List» qoidasiga ko'ra, aynan «Orlando» klubi Grizmann bilan muzokara o'tkazish bo'yicha ustuvor huquqqa ega edi.
Keywords