Irregular kompaniyasi mutaxassislari ogohlantirmoqda: ChatGPT, Gemini yoki Claude orqali yaratilgan parollar xavfsiz emas. Sun’iy intellekt tasodifiylik tamoyili emas, balki algoritmlar asosida ishlaydi. Tajribalar shuni ko‘rsatdiki, 50 tadan keyin chat-botlar o‘xshash naqshlar va hatto dublikatlarni bera boshlaydi. Bunday parollarni bir necha soat ichida buzib kirish mumkin. Mutaxassislar Bitwarden, 1Password kabi menejerlardan yoki Apple va Google’ning ichki generatorlaridan foydalanishni tavsiya qiladilar.
Himoya illyuziyasi: nega parollarni yaratishni sun’iy intellektga ishonib bo‘lmaydi?
1 daqiqa o'qish28

Sun’iy intellekt haqiqiy tasodifiy parollarni yarata olmaydi. Mutaxassislar chat-botlar o‘rniga maxsus parol menejerlaridan foydalanishga chaqirmoqda.






Izohlar
Hozircha izoh yo'q. Birinchi bo'ling.