Turkmanistonning «Turkmanboshi» davlat aksiyadorlik tijorat bankining Turkmanobod shahar filiali kichik va o‘rta tadbirkorlik sub’ektlariga kreditlar ajratilishini ma’lum qiladi. Ushbu kreditning maqsadi tadbirkorlikni davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash, yangi ish o‘rinlarini yaratish orqali tovar bozorini mahalliy mahsulotlar bilan to‘ldirish, raqobatni rivojlantirish, investitsiya faolligini oshirish hamda mamlakat uchun ustuvor yo‘nalishlarda investitsiya loyihalarini amalga oshirishdan iboratdir. Tadbirkorlarni kreditlash bank marjasini hisobga olgan holda yillik 5 foiz stavkada quyidagi muddatlarga amalga oshiriladi:

  • Investitsiya loyihalari uchun: 10 yilgacha;
  • Aylanma mablag‘larni to‘ldirish uchun: 1 yilgacha.

Kreditlashga quyidagi maqsadlarni ko‘zda tutgan investitsiya loyihalari kiradi:

  • Sanoat mahsulotlari ishlab chiqarishni rivojlantirish;
  • Mavjud ishlab chiqarishlarni tashkil etish, kengaytirish, rekonstruksiya qilish va texnik qayta jihozlash, shu jumladan kichik ishlab chiqarish uchun uskunalar, kichik hajmli texnikalar, xomashyo va butlovchi qismlar sotib olish;
  • Qurilishni, jumladan infratuzilma ob’ektlari qurilishini rivojlantirish;
  • Qurilish materiallari sanoatini rivojlantirish;
  • Transport, aloqa va axborot texnologiyalarini rivojlantirish;
  • Servis xizmatlari va aholiga maishiy xizmat ko‘rsatishni rivojlantirish;
  • Sog‘liqni saqlash va turizm xizmatlarini rivojlantirish;
  • Qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishi uchun yangi yerlarni o‘zlashtirish va tashlab qo‘yilgan yerlarni tiklash;
  • O‘z qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishini rivojlantirish va kengaytirish, mahsulotni qayta ishlash hajmini oshirish, shu jumladan qishloq xo‘jaligi texnikasini sotib olish, chorva mollari uchun binolar, fermalar qurish, chorva, parranda, ozuqa, veterinariya dori vositalari, o‘simliklarni himoya qilish kimyoviy vositalari, mineral o‘g‘itlar va ko‘chatlar sotib olish;
  • Xalq badiiy hunarmandchiligi va amaliy san’at mahsulotlarini ishlab chiqarish;
  • Turkmaniston qonunchiligida taqiqlanmagan tadbirkorlikning boshqa turlari, shu jumladan innovatsion faoliyat.

Kreditlar tadbirkorning investitsiya loyihasiga kamida 15 foiz miqdorida o‘z mablag‘larini qo‘yishi sharti bilan beriladi. Batafsil ma’lumotlarni «Turkmanboshi» bankining Turkmanobod filiali mutaxassislaridan olishingiz mumkin.

Manzilimiz: Turkmanobod shahri, 14-aloqa bo‘limi. Bog‘lanish uchun telefonlar: 8(422) 7-90-84, 7-90-85, 7-90-86.