Psoriaz — bu immun tizimining ortiqcha faolligi sababli terining yallig'lanishi va hujayralarning jadal yangilanishiga olib keladigan surunkali immun-yallig'lanish xastaligidir. Bugungi kunda davolash tartibi kasallik darajasiga bog'liq: yengil shakllarda mahalliy kremlar va surtmalar ishlatilsa, o'rta va og'ir bosqichlarda biologik in'eksiyalar ko'rinishidagi tizimli terapiya talab etiladi.
Icotyde preparatining asosiy afzalligi — uning qulay tabletka shaklida ishlab chiqilayotganidadir. Bu usul muntazam ukol qilish zaruratini yo'qotadi hamda bemorlarning davolanish kursiga to'liq rioya qilishini ta'minlaydi. Shunday bo'lsa-da, mutaxassislar sinovlardagi ijobiy natijalar dori darhol hammasi uchun tayyor degani emasligini eslatib o'tishmoqda.







Izohlar
Hozircha izoh yo'q. Birinchi bo'ling.