
Qahramon Arkadagimizning ezgu an’analarini munosib davom ettirayotgan hurmatli Prezidentimiz inson salomatligini asrash va odamlarning umr ko‘rish davomiyligini uzaytirish bilan bog‘liq g‘amxo‘rlikni davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishlaridan biri sifatida belgilab, barqaror davlatimizda aholining yashash sharoitlarini yaxshilash, sog‘liqni saqlash va dori-darmon sanoati tizimini tubdan takomillashtirish borasida keng ko‘lamli ishlarni amalga oshirmoqda.
«Saglyk» Davlat dasturi doirasida yurtimizning eng chekka qishloq va shaharlarida ham sog‘liqni saqlash tizimini rivojlantirish va xalqaro standartlarga muvofiq keltirish bo‘yicha tub islohotlar hayotga tatbiq etilmoqda. Buning natijasida Kerki tuman shifoxonasida ham ulkan marralarga erishilmoqda. Shifoxonada raqamli tizimni joriy etish va rivojlantirish bo‘yicha samarali ishlar olib borilmoqda. Ushbu tizim davolash-tashxis ishlarining samarali tashkil etilishiga hamda shifokorlar mehnat unumdorligining oshishiga xizmat qilmoqda.
Ushbu shifoxonaning maslahat berish va tashxis bo‘limida ko‘p yillardan buyon sidqidildan mehnat qilayotgan onkolog shifokor Xudoyberen Rejepov aholi salomatligini mustahkamlashda, sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilishda hamkasblariga o‘rnak bo‘lmoqda. U 1980-yilda Kerki tumanidagi 27-o‘rta maktabni tamomlab, poytaxtimizdagi o‘sha paytdagi Turkmaniston davlat tibbiyot institutiga o‘qishga kiradi. 1986-yilda mehnat faoliyatini boshlagan kunlaridanoq tirishqoqligi, mahorati, g‘ayrati va eng muhimi, kasbiga bo‘lgan cheksiz muhabbati unga obro‘-e’tibor keltirdi. O‘z ishining ustasi bo‘lgan shifokor o‘n yildan ortiq vaqtdan beri yuqorida aytib o‘tilgan bo‘limda ishlab kelmoqda. U hurmatli Prezidentimizning xalqimizning sog‘lom, ruhan tetik va farovon hayot kechirishini ta’minlash, inson salomatligini mustahkamlash hamda xavfli o‘sma kasalliklarining oldini olish borasidagi ishlariga munosib hissa qo‘shib kelmoqda. Tajribali shifokor kasalliklarning oldini olish, ularga tashxis qo‘yish va davolashning eng zamonaviy usullarini o‘rganish hamda samarali qo‘llash maqsadida poytaxtimiz va viloyatlardagi sog‘liqni saqlash muassasalari mutaxassislari bilan yaqin aloqa o‘rnatgan. Xavfli yangi hosilalarni aniqlashning zamonaviy usullarini o‘zlashtirmoqda.
— Elektron hujjat aylanishi tizimining yaratilishi hamda uning Ashxobod, Arkadag shaharlari va viloyatlardagi sog‘liqni saqlash muassasalarida ishga tushirilishi ishimizning rivojlanishiga katta turtki berdi. Hurmatli Prezidentimizning inson salomatligini saqlash, odamlarning umrini uzaytirish, kasalliklarning oldini olish va tibbiyot fanini rivojlantirish borasida oldimizga qo‘ygan vazifalaridan kelib chiqib, biz asosiy ishimizdan tashqari tumanimizdagi korxona va tashkilotlarda bo‘lib, aholi o‘rtasida xavfli yangi hosilalarga qarshi kurash choralarini olib boryapmiz, targ‘ibot-tashviqot ishlarini o‘tkazyapmiz. Donishmand shoirimiz Magtimquli Pirogiyning: «Sog‘likning qadrini bilgin, xasta bo‘lmasdan burun» deganidek, xavfli yangi hosilalarning oldini olish uchun ko‘rilayotgan choralar o‘zining ijobiy natijasini bermoqda, — deydi mohir shifokor Xudoyberen Rejepov.
Keywords