Janubiy Koreya aholisining aksariyati oila qurmoqchi bo‘lgan juftliklarning rasmiy nikohdan o‘tmasdan ham birga yashashini ma’qullaydi. Mamlakatda o‘tkazilgan so‘rov natijalariga ko‘ra, aholining taxminan 10 kishidan 7 nafari bunday yashash shaklini qo‘llab-quvvatlaydi. Bu haqda «Kazinform» Janubiy Koreya Ma’lumotlar va statistika vazirligi ma’lumotlariga tayanib xabar bermoqda.

Tadqiqot natijalariga ko‘ra, so‘rovda qatnashganlarning 67,8 foizi rasmiy nikohdan o‘tmasdan birga yashashni ma’qullashini bildirgan. 20–30 yosh oralig‘idagi yoshlar orasida esa bu ko‘rsatkich 80 foizdan oshadi.

So‘rov davomida ishtirokchilardan nikoh qurishdan voz kechish sabablari ham so‘ralgan. Ularning aksariyati bunga asosiy sabab sifatida moliyaviy mablag‘larning yetishmasligini ko‘rsatgan.