Rossiyada so‘nggi bir yil ichida bodring narxi 8,4 foizga arzonlab, yillik ko‘rsatkich bo‘yicha eng ko‘p narxi pasaygan oziq-ovqat mahsulotiga aylandi. Bu haqda TASS «Rusprodsoyuz» assotsiatsiyasi ma’lumotlariga tayanib xabar bermoqda.
Narxi pasaygan oziq-ovqat mahsulotlarining kuchli beshligidan bodringdan tashqari olma, o‘simlik yog‘i, pishloq va ultra yuqori haroratda ishlov berilgan sut ham o‘rin oldi.
Ma’lumotlarga ko‘ra, so‘nggi bir yil ichida olma narxi 8,1 foizga, o‘simlik yog‘i 6,4 foizga, pishloq 2,1 foizga, ultra pasterizatsiyalangan sut esa 1,7 foizga arzonlagan.









Izohlar
Hozircha izoh yo'q. Birinchi bo'ling.