«Pew Research Center» tadqiqot markazi prognozlariga ko‘ra, 2035-yilga kelib dunyodagi musulmonlar soni nasroniylar sonidan oshib ketishi mumkin. Bu haqda «NUR.KZ» nashri xabar bermoqda.

Tadqiqotchilar ushbu o‘zgarishning asosiy sabablaridan biri sifatida musulmonlar orasida tug‘ilish darajasining yuqoriligini ko‘rsatmoqda.

Markaz ma’lumotlariga ko‘ra, 2020–2025-yillarda musulmon ayollarga o‘rtacha 3,1 nafardan, nasroniy ayollarga esa 2,5 nafardan bola to‘g‘ri kelgan. Boshqa diniy guruhlarda bu ko‘rsatkich 1,6 nafarni tashkil etgan. Bu esa avlodlar almashinuvi hisobiga aholi sonini barqaror saqlash uchun zarur deb hisoblanadigan 2,1 ko‘rsatkichidan pastdir.

Prognozga ko‘ra, 2035-yilda dunyodagi musulmonlar soni 2,57 milliardga, nasroniylar soni esa 2,52 milliardga yetadi. 2070-yilga borib ushbu ikki diniy guruh o‘rtasidagi tafovut 600 million kishigacha oshishi mumkin.