
Ushbu kasallik oldini olish va davolash mumkin bo‘lishiga qaramay, 6 mingdan ortiq inson hayotdan ko‘z yumdi.
JSST shu hafta e’lon qilgan bayonotiga ko‘ra, holera bilan kasallanish holatlari 2023-yilga nisbatan 5 foizga oshgan. Biroq o‘lim holatlarining keskin ko‘payishi eng zaif mintaqalarda vaziyat og‘irlashganini ko‘rsatadi.
2024-yilda holera 60 ta davlatda qayd etilgan bo‘lsa, 2023-yilda bu raqam atigi 45 edi. JSST ma’lumotlariga ko‘ra, kasallikning 98 foizi Afrika, Yaqin Sharq va Osiyo davlatlariga to‘g‘ri kelgan.
Tashkilot holeraning yuqori o‘lim darajasi ichimlik suvi, sanitariya va tibbiy xizmatlarga yetarli kirish imkoniyatining yo‘qligi bilan bog‘liq ekanini ta’kidladi. JSST xalqaro hamjamiyatni kasallikning tarqalishiga qarshi shoshilinch choralar ko‘rishga chaqirmoqda.
Keywords