
Odatda yuk mashinalari katta o‘lchamlari bilan ajralib turadi. Nomidan ham ko‘rinib turibdiki, katta transport vositalari qurilish, tog‘-kon sanoati va qishloq xo‘jaligida yuk tashish uchun ishlatiladi.
Eng kichik yuk mashinalari Yaponiyada ishlab chiqariladi. Shu “kei-truck” deb ataladigan kichik yuk mashinalarining uzunligi 3,4 metr, eni 1,48 metrni tashkil qiladi. Og‘irligi 700 kg dan oshmaydigan “kei” yuk mashinalari yonilg‘ini tejovchi 660 sm³ dvigatel bilan ishlaydi. Yuk ko‘tarish quvvati 350 kg bo‘lib, ishonchli va texnik jihatdan oson boshqariladi.
Mini yuk mashinalari qishloq xo‘jaligida, shaharda yuk tashish va yetib bo‘lmaydigan joylarda ishlatiladi, soatiga 88–140 km tezlikka ega.
To‘rt g‘ildirakli (4WD) “kei” yuk mashinalari Suzuki (Carry), Daihatsu (Hijet), Honda (Acty), Subaru (Sambar), Mitsubishi (Minicab) va Nissan (Clipper) kompaniyalari tomonidan ishlab chiqariladi. Ular arzonligi, ko‘p qirrali ishlatilishi va murakkab joylarga yuk yetkazish imkoniyati bilan mashhur. Kei yuk mashinalari texnik muammosiz 320 ming km yo‘l bosishi mumkin. AQShda kichik yuk mashinalariga katta talab mavjud.
Keywords