10-avgust, dushanba kuni ertalab Kolumbiyaning Choko departamentidagi San-Xose-del-Palmar shahri yaqinida 7,4 ballik kuchli yer silkinishi yuz berdi. OAV xabarlariga ko‘ra, ofat oqibatida halok bo‘lganlar soni 132 kishiga yetgan, 570 kishi turli darajada jarohat olgan.
Kolumbiya hukumati tomonidan umummilliy ofat rejimi e'lon qilindi. TASS agentligining BMT BMT Bosh kotibining vaqtincha vazifasini bajaruvchisi Karl Skauga tayanib xabar berishicha, Butunjahon oziq-ovqat dasturi mamlakat hukumatiga har qanday yordam ko‘rsatishga tayyorligini bildirdi.
«Ria.ru» esa «BluRadio» efiriga tayanib, Kali shahrida kamida 883 kishi tibbiy yordam so‘rab murojaat qilganini yozmoqda.
«MIR 24» telekanalining xabar berishicha, yer silkinishi qo‘shni mamlakatlarda ham sezilgan. Kolumbiyada 37 ta uy tamomila vakron bo‘lgan, 1575 ta xonadon, 18 ta tibbiyot markazi, 52 ta maktab, 18 ta yo‘l va 7 ta aeroportga zarar yetgan. Eng ko‘p talafot ko‘rgan Manisales shahrida mamlakatdagi 33 yil davomida eng baland bino bo‘lib kelgan Rozariya Bibimeryem katolik kafedral ibodatxonasining minorasi qulab tushdi.
«Rg.ru» nashri Kali shahrida qutqaruvchilar qulagan bino ostidan olti oylik chaqalog‘i bor ayolni qutqarib olganini ma'lum qildi. Boshqa bir bino vayronalari ostida esa keksalar va ularning yetti oylik nevarasini qutqarish ishlari davom etmoqda.







Izohlar
Hozircha izoh yo'q. Birinchi bo'ling.