
Koreya Akademiyasi Oliy maktabi magistratura va doktorantura dasturlari bo‘yicha hujjatlar qabulini boshladi. Saralab olingan xalqaro talabalar o‘qish to‘lovidan to‘liq ozod qilinadi va maxsus stipendiya olish imkoniyatiga ega bo‘ladilar.
Koreya Akademiyasi Oliy maktabi (AKS) 2026-2027-o‘quv yili kuzgi va bahorgi semestrlari uchun maxsus dasturga talabalar qabulini e’lon qiladi. O‘qishga kirish niyatida bo‘lganlar onlayn ariza topshirishlari lozim.
Dastur bo‘yicha magistratura yoki doktorantura darajalari taklif etiladi. Onlayn ariza topshirish muddatlari:
2026-yil kuzgi qabul (o‘qishning boshlanishi: 2026-yil 1-sentabr):
Ariza topshirish muddati: 2026-yil 9-martdan 20-martgacha.
2027-yil bahorgi qabul (o‘qishning boshlanishi: 2027-yil 1-mart):
Ariza topshirish muddati: 2026-yil 31-avgustdan 11-sentabrgacha.
Akademiya saralab olingan talabalarga quyidagi moddiy yordamlarni taqdim etadi:
O‘qish to‘lovi: O‘qish davri davomida to‘lovdan to‘liq ozod qilinish (magistratura uchun 2 yil, doktorantura uchun 3 yil).
Stipendiya: Saralab olingan 15 nafar birinchi kurs talabasiga bir yil davomida har oy 800 000 von miqdorida davlat stipendiyasi beriladi.
Qo‘shimcha savollar va ma’lumotlar uchun akademiya qabul bo‘limiga murojaat qilishingiz mumkin:
Elektron pochta: admission_intl@aks.ac.kr
Telefon: +82-31-730-8183
Keywords