
Turkmaniston xususiy sektoriga investitsiyalarni jalb etishga bag‘ishlangan “Turkmaniston kelajagiga investitsiyalar” (IFT 2026) nomli xalqaro forum 2026 yil 18 mart kuni Turkmaniston Savdo-sanoat palatasida bo‘lib o‘tadi. Bu haqda “TMT Consulting Group” kompaniyasi xabar berdi.
Forum Turkmaniston Savdo-sanoat palatasi va Turkmaniston Sanoatchilar va tadbirkorlar uyushmasi tomonidan “TMT Consulting Group” kompaniyasi bilan hamkorlikda tashkil etilmoqda. Ishtirokchilarni ro‘yxatdan o‘tkazish davom etmoqda, bu tadbirkorlarga tadbirda ishtirok etishni oldindan rejalashtirish, xorijiy hamkorlarni taklif qilish va investitsiya tashabbuslarini tayyorlash imkonini beradi.
Xususiy sektorni rivojlantirish, tadbirkorlik tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash va investitsiyalarni jalb etishga qaratilgan ushbu tadbir turkman xalqining Milliy yetakchisi, Turkmaniston Xalq Maslahati Raisi Gurbanguli Berdimuhamedov tomonidan boshlangan hamda Turkmaniston Prezidenti Serdar Berdimuhamedov rahbarligida davom ettirilayotgan davlat iqtisodiy siyosati doirasida amalga oshirilmoqda.
IFT 2026 forumi kichik va o‘rta biznes hamda xorijiy kompaniyalar uchun yangi imkoniyatlar yaratadi. Asosiy yo‘nalishlar sifatida sanoat, agrobiznes, chorvachilik, dehqonchilik, logistika, innovatsiyalar va xususiy sektor investitsiya loyihalari belgilangan.
O‘tgan yili o‘tkazilgan IFT forumida 25 davlatdan 500 dan ortiq vakil ishtirok etgani, yuzlab kompaniyalar jalb qilingani, 21 ta kelishuv imzolangani va 187 ta ishbilarmonlik uchrashuvlari o‘tkazilgani ushbu tadbirga xalqaro biznes hamjamiyatining yuqori qiziqishini ko‘rsatadi.
Keywords