
Bibi Babayeva, Turkmanobod tibbiyot oʻrta oʻquv yurti oʻqituvchisi: Oziq-ovqat va shifobaxsh xususiyatlari bilan mashhur boʻlgan mayiz kundalik hayotda keng qoʻllaniladi. Nafaqat mayizning oʻzi, balki uning suvi ham jigar faoliyatini yaxshilashga yordam berishi koʻpchilikka maʼlum.
Mayizning shifobaxsh xususiyatlari qadim zamonlardan beri maʼlum boʻlib, xalq tabobatida keng qoʻllanilgan. Mutaxassislarning taʼkidlashicha, mayiz tarkibidagi foydali mikroelementlar oddiy uzumdagi koʻra 30–40 foiz koʻproqdir. U organizmning turli kasalliklarga qarshi kurashish qobiliyatini oshirishi va tinchlantiruvchi vosita ekanligini taʼkidlash lozim. Mayiz kamqonlikdan aziyat chekayotganlarga va oshqozon kasalliklariga chalinganlarga shifo ekanligini xalq tabobati tajribalari tasdiqlaydi. Mayiz tarkibida quvvat beruvchi moddalar va yogʻlar boʻlib, u tana quvvatini oshiradi. Ogʻir mehnat va sport bilan shugʻullanadiganlar uchun mayiz juda foydalidir. Sportchilarga mayizni asal bilan aralashtirib isteʼmol qilish tavsiya etiladi. Uning tarkibida B vitamini, temir, magniy, bor, koʻp miqdorda fruktoza va glyukoza mavjud. Shifokorlar semizlikdan qiynalayotganlarga mayiz isteʼmol qilishni maslahat berishadi. Buning sababi, uning tarkibidagi B vitamini qonning tozalanishiga ijobiy taʼsir koʻrsatadi. Ushbu toʻyimli mahsulot insonni shamollash, yoʻtal va yurak ogʻriqlaridan ham himoya qiladi.
Keywords