
GAC Toyota kompaniyasi Xitoyda yangi Wildlander Air yo'ltanlamasini namoyish etdi. Avtomobilning boshlang'ich narxi qariyb 20 000 dollarni tashkil qiladi. Yangi model butunlay yangilangan dizayn va uch xil dvigatel variantiga ega: 2,0 litrli benzin, shuningdek 2,0 va 2,5 litrli gibrid tizimlar. Wildlander Air o'lchamlari 4600 x 1855 x 1680 mm bo'lib, u TSS 4.0 aqlli xavfsizlik tizimi, 14 dyuymli markaziy ekran va 50 Vt quvvatli simsiz zaryadlash moslamasi bilan jihozlangan.
Manba: GAC Toyota ma'lumotlari / Amul Info tahlili.
Keywords