O'zbekistonda birinchi marta o'ta noyob va kam o'rganilgan ko'rshapalak turi — turkman quloqdor ko'rshapalagi (Plecotus turkmenicus) qayd etildi. Ushbu kashfiyot O'zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Zoologiya instituti olimlari va ularning xalqaro hamkasblari tomonidan «Janubiy Ustyurt» milliy tabiat bog'idagi ekspeditsiya davomida amalga oshirildi.
Turkman quloqdor ko'rshapalagi Markaziy Osiyodagi eng kam o'rganilgan turlardan biridir. Shungacha u haqida faqat 1970-yilgacha toplangan ma'lumotlar hamda muzey eksponatlari orqali ma'lum edi. Oxirgi 55 yil davomida bu tur tabiatda deyarli uchratilmagan edi. Tadqiqot Xalqaro tabiatni muhofaza qilish ittifoqi va Germaniyaning Xalqaro iqlim tashabbusi ko'magidagi loyiha doirasida o'tkazildi.







Izohlar
Hozircha izoh yo'q. Birinchi bo'ling.