Katarakta — 70 yoshdan oshgan har uchinchi insonda uchraydigan va ko'rish qobiliyatining yo'qolishiga olib keladigan asosiy kasalliklardan biridir. Kasallik ultrabinafsha nurlari va oksidlanish stressi ta'sirida ko'z gavharidagi kristallin oqsillarining yopishib qolishi natijasida rivojlanadi. Shu vaqtgacha xira tortgan gavharni sun'iysiga almashtirish bo'yicha operatsiya o'tkazish yagona davolash chorasi bo'lib kelayotgan edi.
Kaliforniya universiteti tadqiqotchilari lanosterol hamda 25-gidroksixolesterollar ko'z gavharidagi oqsil toplanmalarini eritish xususiyatiga ega ekanligini aniqlashdi. Hayvonlarda o'tkazilgan tajribalarda ushbu moddalarga ega tomchilar xiralashishni sezilarli darajada kamaytirdi. Preparatning dorixonalarga chiqishi uchun hali klinik sinovlar talab etilsa-da, katarakta jarayonini kimyoviy yo'l bilan ortga qaytarish imkoniyati tibbiyotda katta burilish hisoblanadi.







Izohlar
Hozircha izoh yo'q. Birinchi bo'ling.