
10—13-fevral kunlari Ostona shahrida bo‘lib o‘tgan xalqaro robotlar musobaqasida (FTC) Turkmanistonning «Oguzrobot» jamoasi katta muvaffaqiyatga erishdi. Musobaqada dunyoning turli burchaklaridan, jumladan, Gonkong, Estoniya va Vetnam kabi mamlakatlardan 80 ga yaqin jamoa ishtirok etdi. Yoshlarimiz dastlabki bosqichlarda raqiblarini ortda qoldirib, saralash bosqichiga chiqdilar va eng murakkab o‘yinlarning ikkitasida g‘alaba qozondilar. Shunday qilib, robotning dizayni va mukammal dasturlangani uchun «Oguzrobot» jamoasiga Xitoyda bo‘lib o‘tadigan xalqaro musobaqada ishtirok etish huquqi (yo‘llanma) berildi. Poytaxtimizdagi 97 va 86-sonli ixtisoslashtirilgan o‘rta maktablar o‘quvchilaridan tashkil topgan ushbu jamoa a’zolari «Kämil bilim» markazida tahsil olmoqdalar. O‘tgan yilgi «Xalqaro muvaffaqiyat» mukofotidan so‘ng, bu yil Xitoyda bo‘lib o‘tadigan musobaqada ishtirok etish uchun qo‘lga kiritilgan yo‘llanma mamlakatimiz ta’lim tizimini xalqaro darajaga olib chiqishga muhim ahamiyat berilayotganidan dalolat beradi.
Keywords