OIV infeksiyasiga qarshi kurashda muhim burilish yuz berdi: uzoq muddat ta'sir etuvchi «Lenakapavir» preparati kasallikning oldini olishda (PrEP) 99,9% gacha samaradorlik ko'rsatdi. AQSh Oziq-ovqat va dori-darmonlar sifati nazorati boshqarmasi (FDA) ushbu vositani kattalar va o'smirlar uchun foydalanishga tasdiqladi, Jahon sog'liqni saqlash tashkiloti (JSST) esa uni tibbiyotdagi eng katta yutuqlardan biri deb atadi.
Kasallikdan himoyalanish uchun har olti oyda bor-yo'g'i bitta in'eksiya qilish kifoya qiladi. Bu har kuni dori ichish zaruratini bartaraf etib, profilaktikani sezilarli darajada osonlashtiradi. Mutaxassislarning ta'kidlashicha, «Lenakapavir» mavjud OIVni davolamaydi, biroq u yangi zararlanish xavfini keskin kamaytirib, infeksiya tarqalishiga barham berishda ulkan rol o'ynaydi.







Izohlar
Hozircha izoh yo'q. Birinchi bo'ling.