536-yil insoniyat tarixidagi eng yomon yil bo‘lsa kerak. Kuchli vulqon otilishlari planetada ocharchilik va kasalliklarni keltirib chiqargan uzoq davom etgan sovuq iqlimni paydo qildi, deb xabar beradi Futura ilmiy jurnali.

Mundan tashqari, 536-yilda butun Yevropa, Yaqin Sharq va Osiyoning ba'zi qismlarida g‘ayritabiiy qorong‘ilik qayd etildi. Vizantiyalik tarixchi Prokopiy Kesariyskiyning yozishicha, Quyosh yil bo‘yi Oygacha xira nur sochib turgan. Iqlim o‘zgarishi Xitoyga yozgi qorni keltirdi, ulkan hududlarda hosil barbod bo‘ldi.

Atmosferaga ko‘p miqdorda kul va oltingugurt otilishi ushbu holatlarga sabab bo‘ldi.

Ketingi vulqon otilishlari, shu jumladan hozirgi Salvatordagi Ilopango vulqonining otilishi iqlimni yanada yomonlashtirdi. Quyosh tosilishi uzoq muddatli og‘ir oqibatlarga olib keldi. O‘shanda Shimoliy yarimshar so‘nggi 2 ming yillikdagi eng sovuq davriga qadam qo‘ydi. Daraxtlarni o‘rganish orqali olingan ilmiy natijalarga ko‘ra, o‘simliklar nimjon bo‘lib, o‘sishdan to‘xtagan. Uzoq davom etgan hosilsizlik ocharchilikka olib kelgan, bu esa aholini darmonsizlantirib, kasalliklar oldida ojiz qoldirgan, deb ta'kidlaydi olimlar.