Xitoylik olimlar inson suyagiga juda yaqin bo‘lgan “nano suyak sementi” deb nomlangan yangi materialni ishlab chiqdi. Uning tarkibi kaltsiy fosfat, limon kislotasi, poliakril kislotasi va L-formali poliasparagin kislotasiga asoslangan.
An’anaviy suyak transplantatsiyasi — ya’ni avto va allograftlar — bilan bog‘liq cheklov va asoratlar mavjud. Yangi material esa xavfsiz, biomos va oson moslashadi. Avvalgi sintetik suyak materiallari yetarlicha egiluvchan emasligi sababli sinishga moyil bo‘lgan.
Yangi materialning afzalliklari:
- Qattiqlashguncha xohlagan shaklga keltirish mumkin, murakkab suyak shikastlarida foydali.
- Yuqori darajadagi mustahkamlik va egiluvchanlik.
- Vujudga qo‘llangach, suvni o‘ziga singdiradi va kengayadi, hujayralar uchun mos muhit yaratadi.
- Operatsiyadan keyingi qulaylik va harakatchanlikni oshiradi.
Tadqiqotchilar bu material jarrohlik amaliyotlarini soddalashtirib, tiklanish jarayonini tezlashtiradi, deb hisoblaydi.
Tadqiqot Nature Communications jurnalida chop etilgan.







Izohlar
Hozircha izoh yo'q. Birinchi bo'ling.