Oq uy matbuot kotibi Kerolayn Livitt avgust oyining oxirida o‘z lavozimini tark etadi. Bu haqda AQSh Prezidenti Donald Tramp o‘zining «Truth Social» tarmog‘ida ma'lum qildi. U: «Oq uyning ajoyib matbuot kotibi, mening eng ishonchli yordamchilarimdan biri Kerolayn Livitt oy oxirida o‘z lavozimini topshiradi», deb yozdi.

Amerika yetakchisining so‘zlariga ko‘ra, Livitt bu qarorni ajoyib oilasi va farzandlari bilan ko‘proq vaqt o‘tkazish uchun qabul qilgan. U Livittning qarorini to‘liq tushunishini va unga hurmat bilan qarashini ta'kidladi. Tramp, shuningdek, Livitt uning tashqi siyosat bo‘yicha asosiy maslahatchilaridan biri bo‘lib qolishini bildirdi.

Bajarilgan ishlar uchun Livittga minnatdorchilik bildirgan Tramp, uni Oq uyning eng yaxshi matbuot kotiblaridan biri deb baholadi.

Tahliliy taxminlar saytlariga tayanib berilgan xabarlarga ko‘ra, ushbu lavozimga Livittning hozirgi o‘rinbosari Anna Kellining saylanish ehtimoli 30 foizni tashkil etmoqda. Ikkinchi o‘rinda 29 foiz ko‘rsatkich bilan Trampning sobiq advokati Alina Habba joy olgan.