Yaponiyaning afsonaviy Panasonic korporatsiyasi AQSH va Yevropa bozorlarida o'z mavqeini saqlab qolish uchun Xitoyning Skyworth kompaniyasi bilan strategik hamkorlikni boshladi. Kelishuvga ko'ra, Skyworth Panasonic brendi ostidagi televizorlarni ishlab chiqaradi hamda marketing va sotuv jarayonlarini boshqaradi. Panasonic esa asosiy e'tiborini texnologik ishlanmalar va sifat nazoratiga qaratadi. Bu so'nggi oylarda yapon brendlarining Xitoy ishlab chiqaruvchilari bilan tuzgan ikkinchi yirik bitimidir (avvalroq Sony ham TCL bilan hamkorlikni e'lon qilgan edi), bu esa ushbu sohada yapon ustunligining tugayotganidan dalolat beradi.
Panasonic o'z TV biznesini Xitoyning Skyworth kompaniyasiga ishonib topshirdi
1 daqiqa o'qish32

Panasonic va Skyworth hamkorligi: AQSH va Yevropa bozorlarida Panasonic brendi ostidagi televizorlarni endi Xitoy kompaniyasi ishlab chiqaradi.






Izohlar
Hozircha izoh yo'q. Birinchi bo'ling.