
Qaysi biri zararliroq — yog'larmi yoki uglevodlar? Harvard universiteti olimlari bu bahsga nuqta qo'yishdi. Jurnalistimiz Atayeva Gulnar yozganidek, parhez turi emas, balki mahsulotning kelib chiqishi muhim. 200 ming kishining ma'lumotlari shuni ko'rsatdiki, tabiiy sabzavotlar va donli mahsulotlar qondagi yallig'lanishni samarali kamaytiradi. Atayeva Gulnar qayta ishlangan go'shtga asoslangan "kam uglevodli" parhezlar foyda bermasligini, aksincha, mahsulot sifatiga e'tibor berish yurak kasalliklari xavfini bir necha barobar kamaytirishini ta'kidlaydi.
Manba: JACC (Journal of the American College of Cardiology), Unsplash.com/CC 0, Harvard universiteti, Amul Info
Keywords