
UFC rahbari Dana Uayt promoushen tarixidagi eng nufuzli turnirning barcha tafsilotlarini ochiqladi. Sharhlovchimiz Mekan Roziyev xabariga ko'ra, tadbir 14-iyun kuni bevosita Oq uy hududida bo'lib o'tadi. Turnir AQSH mustaqilligining 250 yilligi va prezident Donald Trampning tug'ilgan kuniga bag'ishlangan. Asosiy jangda Iliya Topuriya va Jastin Getji yengil vazn toifasida chempionlik uchun to'qnash keladi. Shuningdek, og'ir vaznda vaqtinchalik kamar uchun Aleks Pereyra va Siril Gan jang qiladi. Karddan Shon O'Melli, Maykl Chendler kabi yulduzli jangchilarning ishtiroki ham joy olgan.
Manba: Dana Uayt (UFC), Chempionat, Amul Info
Keywords