
Zamonaviy tibbiyotda tabiiy usullar va xalq tabobatiga bo‘lgan qiziqish tobora ortib bormoqda. Ularning orasida eng qadimiy va samarali usullardan biri «oltin igna» (akupunktura) muolajasidir. Sayat tumani shifoxonasi fizioterapiya bo‘limi mudiri Atajan Xudaynazarov bilan o‘tkazilgan suhbatda ushbu usulning o‘ziga xos xususiyatlari haqida qiziqarli ma’lumotlar aytib o‘tildi.
Shifokor Atajan Xudaynazarovning ta’kidlashicha, inson tanasida 700 dan ortiq biologik faol nuqtalar mavjud. Igna bilan davolash usuli aynan shu nuqtalarga ta’sir qilish orqali tananing ichki kuchlarini uyg‘otadi. Igna tegishli nuqtaga tekkanida, asab tizimi orqali miyaga xabar boradi va tana o‘z-o‘zini tiklash uchun zarur bo‘lgan moddalarni ishlab chiqara boshlaydi.
«Oltin igna» muolajasi nafaqat jismoniy dardlarga darmon bo‘ladi, balki ruhiy sog‘lomlikni tiklashda ham katta ahamiyatga ega. Bu usul quyidagi holatlarda samarali hisoblanadi:
Qadim zamonlarda haqiqatdan ham sof oltindan yasalgan ignalar ishlatilgan, chunki oltin tanaga eng yaxshi ta’sir qiluvchi metall hisoblangan. Hozirgi vaqtda esa maxsus metalldan yasalgan zamonaviy bir martalik ignalar ham xuddi shunday natija beradi. Ignalarning juda ingichkaligi sababli, muolaja paytida bemorlar hech qanday og‘riq sezmaydilar.
Shifokor muolaja paytida shaxsiy gigiyena va mutaxassis malakasi muhimligini uqtiradi. Nuqtalarning o‘rnini to‘g‘ri topish muolajaning 90 foiz muvaffaqiyatini ta’minlaydi. Shuning uchun bu davoni faqat ixtisoslashgan shifoxonalarda, tajribali fizioterapevt shifokorlar nazoratida olish tavsiya etiladi.
Keywords