
Laboratoriya sharoitida olimlar xom va qovurilgan urug‘ ekstraktlarini taqqoslashdi. Ma’lum bo‘lishicha, aynan qovurilgan urug‘lar trombotsitlarning kollagen va fibrinogen oqsillariga yopishishini samarali tarzda to‘xtatgan. Ushbu oqsillar qon ivishida muhim rol o‘ynaydi.
Tadqiqotchilar qon ivishi organizmning tabiiy himoya mexanizmi bo‘lib, qon ketishini to‘xtatishda yordam berishini tushuntiradi. Biroq haddan tashqari tromblar yurak yoki miya qon tomirlarini to‘sib, insult yoki infarkt xavfini oshiradi.
Tadqiqot davomida asosiy faol moddalar qatorida izorhamnetin nomli flavonoid ajratib olindi. Ushbu modda trombotsitlarning faollik belgilari pasaytirish bilan birga, tromb hosil bo‘lish vaqtini ham uzaytirgan.
Ammo, olimlar bu tajribaning in vitro — ya’ni faqat laboratoriya sharoitida, inson organizmida emas — o‘tkazilganini ta’kidlashadi. Shuning uchun bu natijalarni tasdiqlash uchun yana klinik sinovlar zarur.
Keywords