Ijtimoiy tarmoqlarda qozog‘istonlik videograf Dastan Muxamedrahim tomonidan Prezident Qosim-Jo‘mart Toqayevning Akjan laqabli oti bilan birga tushgan lavhalari e'lon qilingan video keng muhokamalarga sabab bo‘ldi.

Izohlarga qaraganda, Akjan bir pasda internet foydalanuvchilarining sevimli otiga aylandi. Bunga ajablanmasa ham bo‘ladi: birinchidan, Akjan ahalteke zotiga mansub, qolaversa, u juda kam uchraydigan izabella-krem rangidadir. Bundoq rang-baranglik ahalteke tulporlarining bor-yo‘g‘i uch foizida uchraydi.

Akjanning chopishini tomosha qilganda, uning butun tanasi dur kabi tovlanayotgandek taassurot uyg‘otadi. Uning moviy ko‘zlari esa go‘zalligiga yanada ko‘rk qo‘shib turibdi.

Akjan Ostonada tug‘ilgan. Uning ota-onasi mashhur Ganatli va Tabis laqabli otlardir. Tulporga "Akjan" ismini shaxsan Qosim-Jo‘mart Toqayevning o‘zi qo‘ygan.