
Qozog‘istonda avtomobil egalari endi davlat raqamlarini (DTR) o‘zlari tanlashlari mumkin.
Kazinform axborot agentligining xabar berishicha, istalgan raqam va harflardan iborat raqamlarni erkin tanlashni ta’minlovchi normalar 2026-yil 1-yanvardan kuchga kirdi.
Istalgan raqam va harflar kombinatsiyasidagi DTR narxi 10 va 15 oylik hisob-kitob ko‘rsatkichini tashkil qiladi (yuqori talabga ega raqamlar uchun alohida to‘lovlar belgilangan).
Oylik hisob-kitob ko‘rsatkichi — bu qonun bilan belgilangan koeffitsiyent bo‘lib, u turli nafaqalar, soliqlar, jarimalar va davlat to‘lovlarini hisoblashda ishlatiladi; 2026-yilda u 4 325 tengge (~8,52 $)ni tashkil qiladi.
Keywords