30-yanvarda Shveytsariyaning Nyon shahridagi UEFA shtab-kvartirasida 2025/26-yilgi Chempionlar ligasi play-off bosqichining qur’a tashlash marosimi bo‘lib o‘tdi.
Qur’a natijalari:
- Benfica (Portugaliya) – Real (Ispaniya)
- Monako – PSG (ikkalasi ham Fransiya)
- Galatasaray (Turkiya) – Juventus (Italiya)
- Borussia D (Germaniya) – Atalanta (Italiya)
- Qarabag (Ozarbayjon) – Newcastle (Angliya)
- Brugge (Belgiya) – Atletico (Ispaniya)
- Bode-Glimt (Norvegiya) – Inter (Italiya)
- Olympiakos (Gretsiya) – Bayer (Germaniya)
Birinchi o‘yinlar 17–18 fevral kunlari, jadvaldagi birinchi ko‘rsatilgan jamoalarning maydonlarida o‘tkaziladi. Javob o‘yinlari 24–25 fevralda bo‘ladi. G‘oliblar 1/8 finalga chiqib, Arsenal, Bayern, Liverpool, Tottenham, Barcelona, Chelsea, Sporting va Manchester City bilan qo‘shiladi.







Izohlar
Hozircha izoh yo'q. Birinchi bo'ling.